• Geolog

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli Geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshonshahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo'sh ish o'rinlari soni: 1

      Ma'lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo'yicha): Geologiya yo‘nalishi

      Lavozimga qo'yiladigan talablar:

      Geolog egallab turgan lavozimi bo‘yicha funksional majburiyatlari doirasida quyidagilarni bilishi lozim:
       Konning geologik tuzilishi va uning o‘rganilganlik darajasini, kon xom ashyo bazasining joriy holatini va uni rivojlantirish imkoniyatlarini; Geologiya, gidrogeologiya, geofizika, topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qo‘llaniladigan asboblar va apparatura to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni;
      Geologik va geofizik xizmatlar ko‘rsatish paytida dala va kamera ishlarini olib borish metodikasini, kon-tayyorlash ishlarini;Kernni tanlab olish bilan bog‘liq hujjatlarni, qirqimni tuzish hamda quduqlarning pasportlarini rasmiylashtirishni;Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini hamda ularning hisobini yuritish shakllari (harakat jadvallari)ni;Konlardan yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazish (YeOTEO‘) usulida foydalanishga doir amaldagi qoidalar va yo‘riqnomalarni; Geologiya xizmati va burg‘ilash uchastkasi faoliyati masalalariga doir buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar va boshqa rahbarlik materiallarini;
      Yer ostida tanlab eritmaga o‘tkazishni amalga oshirishda qo‘llaniladigan kon maydonlarini ochish va ishlov berish tizimlarini; Kon bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobini yuritish va hisobotni rasmiylashtirish tartibini;
      Iqtisodiyot hamda konda ishlab chiqarishni tashkil etish asoslarini;

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo'shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi

  • Transportni ta‘mirlash bo‘yicha mexanik

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo'sh ish o'rinlari soni: 1

      Ma'lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo'yicha): Er usti transportining uskunalari va texnologiyalari

      Lavozimga qo'yiladigan talablar:

      Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanikning asosiy vazifasi bo‘linmaga xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bo‘yicha belgilangan reja topshiriqlari moddiy, mehnat va energiya sarflarini mumkin qadar pasaytirgan holda bajarilishi va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanilishiga erishish maqsadida, qo‘l ostidagi ishchi-xodimlar, qurilmalar, liniyadagi avtotransport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi xavfsiz, uzluksiz va bir maromda ishlashini, shuningdek ta’mirlash, o‘rnatish va sozlash ishlarini tashkil etish, ta’minlash va nazorat qilishdan iborat. Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik uchastkaning harakatlanuvchi tarkib va boshqa qurilmalar hamda ularga kommunikatsiyalarni ishlatish, ta’mirlash va ularga xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishchi-xodimlariga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik bo‘linma rahbarining taqdimnomasiga binoan kon boshqarmasi direktorining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik vaqtinchalik yo‘qligida uning o‘rniga kon boshqarmasi direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan, ishlash huquqiga va mutaxassisligi bo‘yicha tegishli darajadagi malakaga ega bo‘lgan, kadrlar zahirasidagi xodimlardan biri qo‘yiladi.  Transportni ta’mirlash bo‘yicha mexanik uchun alohida mehnat sharoitlari belgilanadi (ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etganda, avariyali vaziyatlar yuzaga kelganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda u ishdan tashqari vaqtda ishlarni bajaradi).

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo'shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi

  • O‘ziyurar karotaj stansiyasi motoristi

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli Geotextologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo'sh ish o'rinlari soni: 2

      Ma'lumoti: Oliy, O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo'yicha): Kasbi boʼyicha 6 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo'yiladigan talablar:

      Quduqlarda geofizik tadqiqotlar oʼtkazishda karotaj stantsiyasini boshqarish. Quduqga asboblarni tushirish va koʼtarish. Stantsiyani quduqqa olib borishni tayyorlash. Harakatlanayotganda stantsiyani boshqarish. Quduqlarda geofizik tadqiqotlar uchun foydalaniladigan yuklash va asbob-uskunalar, ularni quduqlarga oʼrnatish va demontaj qilishda ishtirok etish. Stantsiyani profilaktik tekshirish va taʼmirlash. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalangan holda geofizik qurilmalarni kalibrlashda ishtirok etish. 
       Bilishi kerak: quduqlarda geofizik tadqiqotlar oʼtkazish tartibi va ketma-ketligi; karotaj kabellari va quduq uskunalarini tushirish va koʼtarish qoidalari; karotaj uskunalari va jihozlarini tashish qoidalari; karotaj stantsiyalarini profilaktika qilish qoidalari va tartiblari; benzoelektr agregatlari va elektr qurilmalariga texnik xizmat koʼrsatish va ulardan foydalanish qoidalari.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo'shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi

  • Elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash bo‘yicha elektrmonter

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 4-sonli geotexnologik koni (Navoiy viloyati, Zarafshon shahri)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo'sh ish o'rinlari soni: 1

      Ma'lumoti: Oliy, O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo'yicha): Kasbi boʼyicha 5 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo'yiladigan talablar:

      Elektrodvigatellar, generatorlar, transformatorlar, ulash va ishga tushirish-rostlash apparaturalari, akkumulyatorlar va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipini; elektrotexnik materiallarning asosiy ko‘rinishlarini, ularning xususiyatlari va vazifasini; bajariladigan ishlar ko‘lamida elektr jihozlarini montaj qilish va ta’mirlash qoidalari va usullarini; qo‘llaniladigan ishchi va nazorat-o‘lchov asbobi vazifasi va foydalanish qoidalarini va ish joyini tayyorlash va tashkillashtirish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni; past kuchlanishli simlarni almashtirish, ulash va kavsharlash yo‘llari va usullarini; elektr tokidan shikastlanishda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini; II malakaviy guruh ko‘lamida xavfsizlik texnikasi qoidalarini; takelaj (ortish-tushirish) ishlarini bajarish usullari va ketma-ketligini.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo'shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi

  • Teplovoz mashinisti yordamchisi

  • Temiryoʼl sexi temiryoʼl uchastkasi "Nurobod" maydoni (Samarqand viloyati, Nurobod shahri)
  • 79-507-40-40
  • Batafsil

    • Bo'sh ish o'rinlari soni: 1

      Ma'lumoti: Oliy

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo'yicha): Kasbi boʼyicha 5 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo'yiladigan talablar:

      Konlarning geologik tuzilishi va ularning oʼrganilish darajasini, xom-ashyo bazalarining joriy vaqtdagi holatini va uning rivojlanish istiqbollarini. Geologiya va Geofizika boʼlimi toʼgʼrisidagi nizom, korxona mehnat jamoasining jamoa shartnomasini, mazkur lavozim yoʼriqnomasi talablarini. Korxonada amal qiladigan va ishlarni bajarishga taalluqli qarorlar, buyruqlar, standartlar, GOST (DST) lar, yoʼriqnomalar, farmoyishlar va boshqa rahbariy materiallarni; ish yuritishni. Geologik, gidrogeologik, geofizik va topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qoʼllaniladigan asboblar va apparaturalar toʼgʼrisidagi umumiy maʼlumotlarni. Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini va ularni hisobga olish shakllarini (harakatlanish jadvallari). Yer ostida tanlab yeritmaga oʼtkazish usuli bilan konlarni yekspluatatsiya qilish boʼyicha amaldagi qonunlar va yoʼriqnomalarni. Materiallar va hujjatlarni tuzish, hisobga olish, saqlash qoidalarini, hisobot, loyiha va boshqa hujjatlarni taqdim qilish muddatlari va shaklini. Quduq tizimlari bilan yer ostida tanlab yeritmaga oʼtkazish usuli bilan maʼdan konlarini qazishda xavfsizlik qoidalarini. Yer osti boyliklari toʼgʼrisidagi qonun, tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun, yer kodeksi, yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalarini, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo'shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi

  • Muhandis-geolog

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Bukantogʼ geologiya qidiruv ekspeditsiyasi geologiya xizmati (Toshkent shahri)
  • 79-507-50-60

  • ESLATMA! Yuqoridagi har bir lavozimga keltirilgan talablar bo'yicha nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.